07/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Toshkent viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi 23 085,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 107,7 foizga o‘sdi.

Hisobot davrida kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasi 19 188,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, kichik biznes subyektlarining Toshkent viloyati jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 83,1 foizga teng bo‘ldi.