2026-yilning yanvar–mart oylarida Toshkent viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6 664,1 mlrd so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 101,8 foizni tashkil etdi.
Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida:
- Dehqonchilik mahsulotlari hajmi 469,4 mlrd so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,9 foizni tashkil etdi;
- Chorvachilik mahsulotlari hajmi 6 194,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 101,9 foizga teng bo‘ldi.
Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning eng yuqori hajmi:
- Yangiyo‘l tumanida — 656,0 mlrd so‘m;
- Zangiota tumanida — 558,1 mlrd so‘m;
- O‘rta Chirchiq tumanida — 527,0 mlrd so‘m




