20/05/2026

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 47 998 tani tashkil etdi.

Shundan 41 537 tasi yoki 86,5 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa hudud iqtisodiyotida kichik biznesning muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

2025-yilning mos davriga nisbatan korxona va tashkilotlar sonining o‘sish sur’ati 113,2 foizni tashkil etdi. Jumladan, kichik biznes va mikrofirmalar soni 114,8 foizga oshdi.