2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda 10,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga oshdi.
Yetishtirilgan meva va rezavorlar hajmi xo‘jalik toifalari bo‘yicha taqsimlanganda, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi 65,6 foizni, fermer xo‘jaliklari 25,3 foizni hamda dehqon xo‘jaliklari 9,1 foizni tashkil etdi.
Meva va rezavorlar umumiy hajmining eng yuqori ulushi Oqqo‘rg‘on (24,3 foiz), Ohangaron (24,0 foiz), Zangiota (23,4 foiz) va Qibray (11,6 foiz) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.



