06/03/2026

Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma rahbariyati hamda jamoa tizimda faoliyat yuritayotgan ayollarni samimiy tabriklab, ularning soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdilar.
Shuningdek, bayram munosabati bilan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari hamda gullar topshirildi. Bu esa tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.