Angren shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur tadbir Angren shahar statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘tkazilib, unda “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etdi.
O‘quv seminarining asosiy maqsadi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirish, uni amalga oshirish tartibi, savolnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish, shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonida aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan ish olib borish, aholi bilan muloqot madaniyatiga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.





