Bo‘ka tumani prokurori B.Yuldashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimligida tashkil etilgan shtab ish faoliyati o‘rganildi.
💠 O‘rganish jarayonida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish tadbirlarining borishi hamda mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
🔺 Shuningdek, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
🔹 O‘rganish yakunida tuman prokurori jarayonlarning qonuniy, aniq va belgilangan tartibda bajarilishi muhimligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli topshiriqlarni belgilab berdi. 




