22/10/2025

 ✅ Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi PF-173 son farmoni qabul qilindi. (https://lex.uz/docs/7735323)

✅ Farmon bilan Oʼzbekiston Respublikasida 2026 yilda aholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishni tashkil etish boʼyicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

✅ Oʼzbekiston Respublikasida 2026 yil 15 yanvarь — 28 fevralь kunlari aholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish tadbiri oʼtkaziladi.

✅ Roʼyxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31 yanvarь
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʼyxatdan oʼtish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28 fevralь
“Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali roʼyxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

❗️Savolnomadagi maʼlumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Аholiga oid: 54 ta
Qishloq xoʼjaligiga oid: 17 ta