08/08/2025

 Joriy yilning 7-avgust kuni Olmaliq va Angren shaharlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

Kuzatuvda Milliy statistika qo‘mitasining Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo‘yicha statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i B.Jabbarov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jamoldinov hamda hududiy statistika bo‘limi interviyerlari ishtirok etishdi.

Tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdan maqsad ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.