🗓 2025- yil 16- iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati hamda tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sh.Jamoldinov so‘zga chiqib, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ong va madaniyatni oshirish, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish, ichki nazorat tizimi samaradorligini kuchaytirish haqida aytib o‘tdilar.

Shuningdek, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, xodimlarning shaxsiy javobgarligi, ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga rioya etish zarurligi tushintirildi.
Targ‘ibot davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchiligi, davlat organlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha belgilangan talablari va axloqiy me’yorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Tadbir yakunida barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish, qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.



