2025- yil 20-apreldan 29-aprelgacha quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
20 apreldan kechiktirmay
4-MIZ (12 korxona shakliga ilova) Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot. Erkin iqtisodiy zona, maxsus ilmiy-texnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maxsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar, klasterlar, ularning alohida bo‘linmalari (kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘shgan holda).
29 apreldan kechiktirmay
4-invest (xorijiy) O‘zbekiston respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va o‘zbekiston respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot. Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan moliyaviy va nomoliyaviy mablag‘ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar, eksport (import) operatsiyalarini amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari)
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).



