18/04/2025

 2024- yilda Toshkent viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 1,9 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 34,7 % ini tashkil etdi.

 Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Bo‘ka tumani – 99,9 %, Bekobod tumani – 99,4 %, Yangiyo‘l shahar – 96,1 % ni tashkil etdi.