07/02/2025

   Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda O'rta Chirchiq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i T.Pulatov tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O'rta Chirchiq tumani “Xalqobod va Kim Pen Xva” mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari bilan birgalikda raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borildi.