Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi kasb-hunar maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi boshlig‘i U. Sattorov hamda hududiy statistika bo‘limi boshlig‘i N.Usmonov, maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Sattorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655- son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611- son qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mohiyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Ushbu davra suhbati jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida tushintirishlar berib o‘tildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.