26/12/2024

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida jami 21,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, shundan yirik qurilish korxonalar hisobiga 11,8 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 9 trln so‘m kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek  norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 40,7 foizni tashkil etdi yoki 8,7 trln so‘m miqdorida qayd etildi. 2023-  yilning mos davriga  nisbatan 120,6 foizni tashkil etdi.