16/10/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 39,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,3 % ga o‘sgan.

Savdo, yashash va ovqatlanish sohasining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,7 % ni tashkil etgan.

Savdo, yashash va ovqatlanish sohasining YAIMdagi ulushi 7,2 % ga yetgan.

Savdo, yashash va ovqatlanish sohasining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (15,2 %) va Surxondaryo viloyatida (9,1 %) kuzatilgan.