2024- yilning yanvar-iyunida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot importining hajmi 968,8 million AQSH dollarini yoki jami importning 53,4 % ini tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Bo‘ka tumani– 100,0 %, Yangiyo‘l shahri– 99,8 %, Bekobod tumani – 99,6 %, Oqqo‘rg‘on shahri – 98,4 %, Zangiota tumani– 97,8 %, Parkent tumani – 97,3 %, Toshkent tumani– 91,66 %, hamda Yuqori Chirchiq tumani 86,0 % ni tashkil etdi.