Joriy yilning 17- sentabr kuni Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining O‘rta Chirchiq tumani statistika boʻlimi boshlig‘i T.Pulatov hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun-mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.