Joriy yilning 15- avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida STATA 18.0 dasturidan foydalanishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarmaning "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" mutaxassislari tomonidan STATA 18.0 dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, dasturdan foydalanish va boshqa foydali jihatlari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Muloqot yakunida qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.