2024- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 602,0 mlrd. so‘mga yetdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,4 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlarining eng yuqori ulushi Zangiota (9,6 %), Qibray (8,6 %) tumanlarida va Chirchiq shahrida (8,3 %)ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 2,8 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.