10/10/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan tumanning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 402,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,8 %ni tashkil etdi.

Tumanning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar  aylanmasi hajmi 31,2 mlrd. so‘mga va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 371,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.