Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 16 337,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga o‘sdi.
Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 13 579,4 mlrd. so‘mni (108,3 %ga teng) tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 83,1 % ulushni tashkil etdi.