26/09/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 64 597,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,7 %ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,3 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 55 192,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.