05/09/2023

Joriy yilning 1- avgust holatiga Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari soni 4 225 tani tashkil qildi. 2022-yilning mos davriga nisbatan 121 taga ko‘paydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari soni esa 38 049 taga yetdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes sub’ektlari Zangiota tumanida  4 369 ta sub’ekt, Qibray tumanida  3 380 ta, Toshkent tumanida 2 723 ta faoliyat ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes sub’ektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.