05/09/2023

2023- yilning  4- sentyabr kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimligida Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shaharda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bekobod shahar hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda boshqarma bo‘lim boshlig‘i  B. Abduqodirovlar ishtirok etishdi .

Yig‘ilishda boshqarma bo‘lim boshlig‘i B.Abduqodirov so‘zga chiqib aholini ro‘yxatga olishga oid hukumatning Farmon, qaror va qonunlari hamda ularni Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati  to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga aytib o‘tdi.

Bundan tashqari  yig‘ilishda Bekobod shahridagi raqamsiz xonadonlarni raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatish ishlarini qisqa muddatlarda to‘liq bartaraf etilishini ta’minlash, bu ishlarni amalga oshirishda tegishli mas’ul idoralar rahbarlarini javobgarligini oshirish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.