23/01/2023

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar – dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 16 533,4 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulot-larining ulushi 50,6 %ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 282,6 ming t. go‘sht (2021- yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,8 %ga ko‘p), 968,4 ming t. sut (1,1 %ga ko‘p), 1 441,1 mln. dona tuxum (4,4 %ga ko‘p), yetishtirildi va 15 233,4 t. baliq (15,1 %ga ko‘p) ovlandi.