23/01/2023

🏢 Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy  kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, 1 724 tani tashkil etib, ulardan 1 642 tasi yoki 95,2 % faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 215 taga yoki 15,1 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 238 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.