🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O’zbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,1 ming tonna kivi import qilingan.
✅ Kivi importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 ming tonnaga oshgan.
✅ 2022 yilning 11 oyida O’zbekiston eng ko‘p kivi import qilgan davlatlar:
🔷 Eron – 4,2 ming tonna
🔷 Turkiya – 541 tonna
🔷 Xitoy – 235 tonna
🔷 Qozog‘iston – 46 tonna
🔷 Italiya – 8,4 tonna
🔷 Rossiya – 1,2 tonna