2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 638,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,6 % ga yetdi.