05/01/2023

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,7 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,9 % punktga o’sdi.

Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 105,8 %ni tashkil etgan holda 5708,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Qibray tumani - 569,8 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 10,0%,

Yuqori Chirchiq tumani - 551,3 mlrd. so‘m yoki 9,7%,

 Nurafshon shahri - 542,6 mlrd. so‘m yoki 9,5%  hissasiga to‘g‘ri keldi.