2022 yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YaHM 6,1 % ga o‘sgan holda 67 365,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,0 %, sanoatda 106,6 %, qurilishda 108,1 % va xizmatlar sohasida 106,3 % ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi.