13/12/2022

2017- yil 25- avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan ushbu qonunda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilangan.

2022- yil 11- dekabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” binosida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

 “Hosil bayrami”ga uyg‘un tarzda o‘tgan mazkur tadbirda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada qishloq xo‘jaligi xodimlarining zahmatli mehnatlari haqida so‘z yuritildi.

Ushbu tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbatlari, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikalari va innovatsiyalari yarmarkalari ham tashkil etildi.

Davra suhbatlarida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Agzam Ikramov ham qatnashib, u agrar va oziq-ovqat sohalari axboroti va statistikasini shakllantirish masalalarida taqdimotlar o‘tkazdi.