12/12/2022

Joriy yil 12- dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 31- maydagi PQ-5132-son qarori ijrosi yuzasidan boshqarmaning tarmoq va hududiy boʻlimlarida ijro uchun mas’ul boʻlgan xodimlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi B. Abduqodirov qatnashdi.

  1. Abduqodirov tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan samarali foydalanish borasida Toshkent viloyati statistika boshqarmasida yoʻlga qoʻyilgan tizim bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirib oʻtildi.

         Davra suhbati qizgʻin jarayonda oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.