12/12/2022

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,7 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 1,6 % punktga o’sdi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 107,6 %ni tashkil etgan holda 5289,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Qibray tumani  528,9 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 10,0%, Yuqori Chirchiq tumani 511,8 mlrd. so‘m yoki 9,7%, Nurafshon shahri  503,6 mlrd. so‘m yoki 9,5%, ga to‘g‘ri keldi.