12/12/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha jami 22 999,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 23,2 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 57,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 18,9 % investitsiyalar o‘zlashtirildi