09/12/2022

Xizmatlar sohasini har tomonlama rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, samarali bandlik va aholi turmush darajasini oshirishning dolzarb masalasidir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 742,7 mlrd. so‘mga oshib, 20 880,7 mlrd. so‘mga yetdi.

Taqqoslama ekvivalentda 2021-yilning yanvar-oktabr oylariga (117,8 %) nisbatan o‘sish sur’ati 112,6 %ni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlar egallaydi. 2022- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 33,5 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (23,2 %), moliyaviy xizmatlari (13,6 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,0 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,3 %)da qayd etildi.