09/12/2022

Bugun, Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari E.Urunov va X.Igamberdiyev  hamda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etdi.

Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.

Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta'lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e'tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e'tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

Shu munosabat bilan 2003 yil 09 dekabr' kuni BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e'lon qilingan. Shu tariqa 2004 yil 09 dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.