07/12/2022

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida  Toshkent viloyatida  kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,7 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 1,6 % punktga o’sdi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 107,6 %ni tashkil etgan holda 5289,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.