02/12/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 6,1 % ga o‘sgan holda 67 365,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,0 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 21,7 %), sanoatda 106,6 % (48,2 %), qurilishda 108,1 % (5,6 %) va xizmatlar sohasida 106,3 % (24,5 %) ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 4,3 % ga o‘sdi va 22 770,8 ming so‘mni tashkil etdi.