Toshkent viloyatida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 257,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 9065,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 2,8% va 97,2 %ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida qurilish ishlari eng yuqori hajmi Olmaliq shahri 1446,0 mlrd. so‘mni eng kichik hajmi esa Ohangaron shahri 87,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.