28/11/2022

2022- yilning 25- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasi vakillari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o'rtasida "World Business Associates Co. Ltd.” kompaniyasi eksperti Koichi Tanaka boshchiligidagi “Energiya samaradorligi va energiyani tejash” texnik yordam loyihasini amalga oshirish doirasida navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun:

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O'zbekiston Respublikasiga tashrifidan maqsadi - energiya samaradorligi va energiyani tejash siyosati bo'yicha maslahat xizmatlarini ko'rsatish hamda respublika korxonalariga uchrashuv va tashriflar o'tkazishdan iborat.

Ushbu uchrashuvda yoqilg'i-energetika balansi to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, tegishli statistik ma'lumotlarni to'plash va tuzish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.  

Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.