25/11/2022

Toshkent viloyatining Bekobod va Toshkent tumanlarida davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan uyushmagan tovarlarni olib kirish, yani xorijdan shaxsiy foydalanish uchun sotib olingan, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi kutilmaydigan mahsulot tannarxi, tovarlar miqdori, qaysi davlatdan kelayotganligi kabi ma’lumotlarni o'z ichiga olgan kuzatuv o'tkazildi.

Kuzatuvda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimi B.Rizqibekov hamda Bekobod va Toshkent tumanlari statistika bo’limi hodimlari ishtirok etishdi.

Kuzatuv jarayonlarida jismoniy shaxslar tomonidan uyushmagan tovarlarni olib kirilishini o‘rganish bo‘yicha tanlanma kuzatuv savolnomasi (1-KTK shakliga ilova) kuzatuvlari amalga oshirildi va o‘z vaqtida nazorat qilinishi ta’minlandi