23/11/2022

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 23 310,7  mlrd.  soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan-103,4 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Toshkent viloyatida jami ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibini mahsulotlar turi boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta ulushga ega mahsulotlar turiga goʻsht (34,8  %), sabzavotlar (18,7 %), sut (13,9 %) va don (8,4 %)ga toʻgʻri keldi.