23/11/2022

⚡️Joriy yilning 22- noyabr kuni  Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o’tkazildi. Kuzatuvda Davlat statistika qo’mitasi Uy-joy qurilishi va pudratchi qurilish tashkilotlari faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi  boshlig’i D.Shermatov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Bo‘stonliq tuman statistika bo’limi  hodimlari ishtirok etishdi.

 ⚡️Tanlanma kuzatuvdan maqsad, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilib foydalanishga topshirilgan uy-joylarning qurilish osti maydonining 1 kv.m. qiymatini o’rtacha miqdorini hisoblash uchun zarur bo’lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Bu esa o’z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.