2022- yilning 14-16- noyabr kunlari Belgiyaning Brussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Armaniston, Moldova, Niderlandiya, Shimoliy Makedoniya, Islandiya, Indoneziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari qatnashdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig'i Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevich ham ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, moliyaviy hisoblar boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur hisoblarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.