21/11/2022

Joriy yilning 21- noyabr kuni  Toshkent viloyatining Qibray tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o’tkazildi. Kuzatuvda Davlat statistika qo’mitasi Uy-joy qurilishi va pudratchi qurilish tashkilotlari faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi  boshlig’i D.Shermatov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Qibray tuman statistika bo’limi  hodimlari ishtirok etishdi.

 Tanlanma kuzatuvdan maqsad, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilib foydalanishga topshirilgan uy-joylarning qurilish osti maydonining 1 kv.m. qiymatini o’rtacha miqdorini hisoblash uchun zarur bo’lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Bu esa o’z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.