18/11/2022

2022- yil 18- noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida Kadrlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan seminarda boshqarma xodimlariga2022- yil 28- oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘RQ-798-son va joriy yil 8- avgustda qabul qilingan Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida O‘RQ-788-son Qonunlarining mazmun-mohiyati hamda asosiy qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda mas’ullar tomonidan qabul qilingan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini avvalgi Mehnat kodeksidan tubdan farq qilishi, mazkur hujjatda mehnat bozoridagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari aks ettirilganligi ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, ish vaqti rejimi tushunchasining kiritilganligi, xodimni ishga qabul qilishdagi sinov muddatlari, mehnat shartnomasini tuzish muddatlari, mehnat ta’tilining minimal davomiyligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, xodimning ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasining tabaqalashtirilishi, xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga bo‘yicha normalar kiritilganligi yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berildi.