18/11/2022

Davlat bayrog'i mamlakatimiz suverenitetining ramzi, xalqimizning ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.

18 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi  munosabati bilan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar” bo'yicha mas'ul xodim  Zavqiddin  Sagdiyev tomonidan seminar tashkil etildi.

 

1991-yil 18-noyabrda "Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrogʻimiz tasdiqlangan

 

Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi boʻlib, u kun charogʻonligi va koinot yoritqichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq rang – poklik, begʻuborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki goʻzallikka intilishning timsoli.

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U koʻpgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar – vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan bogʻliq. Ayni paytda u qoʻlga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. 

Yulduzlar barcha uchun ilohiy timsol sanalgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning oʻn ikki yulduzga boʻlgan eʼtiborimiz Oʻzbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.