Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 15 ta davlatga qiymati 28,6 million AQSH dollariga 171 ming tonna piyoz eksport qilgan.
2022-yilning 9 oyida xorijga eng koʻp piyoz eksport qilgan hududlar:
Jizzax viloyati – 32,3 ming tonna
Xorazm viloyati – 24,1 ming tonna
Toshkent viloyati – 20 ming tonna
Samarqand viloyati – 19,6 ming tonna.