15/11/2022

Joriy yilning 14- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspert Polyakova Tatyana Mixaylovna bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda aholini roʻyxatga olish jarayonlarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro ekspert MDH statistik tizimlarini rivojlantirishda axborot texnologiyalarini takomillashtirish, Big Data maʼlumotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Ma‘lumot uchun, ikki haftalik tashrif doirasida xalqaro ekspert Toshkent va Samarqand viloyatlarida boʻlib, bu yerda aholini roʻyxatga olish hamda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqadi.